“Özbekkonsert” davlat muassasasi noqonuniy (litsenziyasiz) faoliyat yuritayotgan xonandalarga ogohlantiriş berdi. 

Muassasaning ma'lum qilişiça, yigirmadan ortiq estrada xonandalari uç kun muddat içida belgilangan tartibda litsenziya uçun davlat bojini tölab, hujjatlarini rasmiylaştirib, muassasaga taqdim etişlari şart.

“Aks xolda, qonunda belgilangan tartibda çora körilişini ma'lum qilamiz”, - deyiladi ogohlantirişda.

“Özbekkonsert” röyxatida Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Rayhon Ğaniyeva, Tohir Sodiqov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Otabek Mutalxöjayev, Doston Ubaydullayev, söz ustasi Şukrullo Isroilov va boşqa estrada xonandalari nomlari keltirilgan.