Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Yoz-2018” musobaqalari tashkil etildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.
Hokimlik xabarida qayd etilishicha, tadbirda qo‘l jangi bo‘yicha uchta jang o‘tkazildi. Tadbirda 3 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etgani aytiladi. Uning yakuniy bosqichida g‘olib va sovrindorlarga sovg‘alar taqdim etildi.
Shuningdek, “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirda 30dan ortiq kishiga sovg‘alar tarqatildi. Ular orasida sportchilar, kam ta'minlangan oilalar vakillari bor.































