Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimi qisqa muddatli çora-tadbirlarga emas, balki insonlarni taqdir taqozosi bilan tuşib qolgan qiyin vaziyatdan olib çiqiş va tinç-osuda hayotga qaytariş uçun yönaltirilgan bölişi lozim. Smartgov Sonsulting direktori Aziza Umarova Özbekistonda ijtimoiy himoya sohasini rivojlantiriş va bu boradagi xalqaro tajriba haqida öz fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari aholi bilan qay darajada işlaş kerakligi töğrisida yuqori mezonlarni belgilab berdi. Bir yil davomida bu jarayonlar faqat quruq söz bölib qolmasdan, balki amalda, hayotimizda röy berib, jamoatçilikning fikrlaşini özgartiruvçi jiddiy katalizatorga aylanganining guvohi böldik. Davlat organlari aholining murojaatlariga töğridan-töğri javob berişga, oddiy insonlarning muammolarini örganib, ularni hal qilişga, yuzma-yuz muloqot örnatişga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi keskin özgarişlar yillab öz yeçimini topmagan ayrim eski muammolarni qayta körib çiqişga va hal etişga yordam bermoqda.

Oxirgi olti oy mobaynida jamiyat hayotida bölib ötgan yorqin hodisalar jamoatçilik e'tiborini befarq qoldirmadi (menimça, bunday voqealar avval ham bölgan, biroq ular töğrisida ommaviy axborot vositalari endi yoza boşladi). Hayot zarbalari bir neça ayollarni öz joniga qasd qilişga undadi. Dahşatlisi şuki, ayol nafaqat öz joniga qasd qilmoqda, balki özi bilan birga farzandlarining umriga zavol bölmoqda. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida ona öziga 3 yoşli hamda 7 yoşli farzandlarini boğlab kanalga sakragan. Berilgan xabarlardan ma'lum bölişiça, u Daun sindromi bor farzandini voyaga yetkazgan. Ehtimol, jamiyatda nogironligi bor insonlarga odamlar tomonidan «bir qolipga solingan» qaraşi hamda professional ijtimoiy xizmatlarning mavjud emasligi sababli (bu narsa çekka hududlar-qişloqlarda yaqqol seziladi) ona hayotning oğir zarbasini kötara olmagandir?!..

Agar avval nogironligi bor bolalarni maxsus internatlarga joylaştiriş normal holat bölgan bölsa, hozirda dunyo miqyosida barça narsa inklyuziv model asosida taşkil qilinmoqda; ya'ni nogironligi bor bolalarning ijtimoiy hayotga moslaştiriş öz oilasida, oddiy umumta'lim maktablarida, yordamçi pedagog yoki maxsus sinflar orqali inklyuziv ta'lim beriş yordamida amalga oşirilmoqda. Nogironligi bor bolalarning ota-onasiga maxsus tayyorgarlikdan ötgan ijtimoiy xizmatlar, reabilitatsiya markazlari, ota-onalarning bir-biriga kömak beriş guruhlari yordam bermoqda. Agar yuqorida keltirib ötilgan ayolning hayotida ham şunday muhit bölganida, bu voqeaning rivoji boşqaça bölar edi.