«Atletiko» portugaliyalik yarim himoyaçi Jyelson Martinş bilan şartnoma tuzdi.

Uşbu 23 yoşli futbolçi bilan 6 yillik şartnoma tuzilgan.

Martinş «Atletiko»ga erkin agent maqomida kelmoqda, u ötgan mavsum oxirida klub muxlislari «Sporting» bazasiga hujum uyuştirişi ortidan şartnomasini bekor qildirgandi.

Uşbu havbek yakunlangan mavsumda Portugaliya çempionatida 31 öyinda maydonga tuşib, 8 gol urgan va 8 golga uzatma bergan.