Samarqand şahridagi Mirzo Bedil köçasida asfaltdan öçib ketgan piyodalar ötiş joyi — «zebra»ni serqatnov yöldan ötişda qiynalgan mahalliy bolakaylar bör yordamida qayta çizib çiqişgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: ijtimoiy tarmoqlardan

Mazkur köçada qatnov juda intensiv va çorrahani kesib ötuvçi piyodalar köp.  Lekin piyodalar ötiş joyining böyoqlari bilinar-bilinmas holatga kelgan. Yöl belgilaridan birining metall ustuni esa sinib yotibdi.

Çorrahada ikkita bekat, uning yaqinida ikkita maktab, istirohat boği bor. Kun.uz muxbirlari uşbu çorrahada 5 daqiqa bölib, bir keksa ayolning yölni kesib öta olmasdan sarson bölgani (nihoyat, yuk maşinalaridan biri tasvirga olayotganimizni körib qolib yöl berdi), piyodalarga hattoki havaskorlarga avtomobil haydaş sirlarini örgatayotgan avtomaktab maşinalari tomonidan ham yöl berilmaganining guvohi böldik. (Avtomaşina raqamlari — 30 904 TAA, 30 905 TAA).

Samarqandda avtomobil haydaşni örgatişayotganda piyodaga yöl berişni örgatişmas ekan, şaharda haydovçilik madaniyati bunday darajaga kelib qolganidan hayron bölmasak ham bölaveradi. Çunki bu narsa avtomaktabda örgatiladi, könikma hosil qilinadi.

Mazkur çorrahani esa faqatgina svetofor vositasida tartibga keltirib, butun şaharda noinsof haydovçilarni YPX xodimlari tomonidan bir neça kun davomida ayovsiz jarimaga tortib, TV kanallar, şahardagi LED ekranlarda ijtimoiy roliklar joylaştiribgina piyodalarning xavfsizligini ta'minlaş borasida jiddiy siljişni amalga oşiriş mumkin.

Samarqand şahar ma'muriyati, yölsozlar, YHX xizmati xodimlari, avtomaktab yöriqçilari şaharda piyodalar xavfsizligini oşirişga jiddiy e'tibor qaratişarmikan?!

Şuhrat Şokirjonov,
Kun.uz muxbiri