Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy AQShning zaif tomonini topdi - OAV
Foto: Flickr
Rossiya va Xitoy AQShning zaif tomonini topdi, bu davlat obligatsiyalaridir, deb xabar qilmoqda Business Insider.
Ta'kidlanishicha, Rossiya AQShning 96 mlrd dollar miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlariga egalik qilgani holda, 2018 yilning aprel va may oylarida ularning katta qismidan qutulib, 15 mlrd dollardan kamroq miqdordagi obligatsiyalarni qoldirdi.
Nashrning qayd etishicha, Rossiya tomonida qimmatli qog‘ozlardan voz kechish uchun ko‘plab sabablar bor edi, jumladan, sanksiyalar tufayli ham.
Shu bilan birga, AQSh davlat qarzining eng yirik egasi Xitoy sanaladi. Agarda Pekin davlat obligatsiyalaridan voz kechishni boshlasa, unda Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti ancha katta yo‘qotishlarga uchraydi, deb yozadi nashr.
Mavzuga oid
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026