Özbekiston Respublikasi prezidenti “Milliy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan “Özbekkino” Milliy agentligi huzurida Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi taşkil etildi:
kinoindustriya sohasining, mulkçilik şaklidan qat'iy nazar kinokompaniyalarning ijodiy-işlab çiqariş, texnik va boşqa xodimlarini şartnoma asosida rejissura, prodyuserlik, aktyorlik mahorati, kinooperatorlik, animatsiya va boşqa yönalişlar böyiça qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş;
nazariy jihatdan tayyorlaşni amaliy işlar bilan integratsiya qiliş, kinoindustriya sohasida tajribaga ega malakali öqituvçilar va mutaxassislarni, şuningdek, xorijiy ekspertlarni qayta tayyorlaş va malaka oşiriş jarayonlariga jalb qiliş;
metodik va axborot bazasini yaratiş, yaxşilaş, doimiy yangilab boriş, kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça zarur öquv qöllanmalari hamda tavsiyalarini işlab çiqiş;
kinoindustriya sohasi xodimlarini xorijiy kinokompaniyalarda qayta tayyorlanişi va ularning malakasi oşirilişini taşkil etiş, çet ellik hamkorlar bilan yaqin aloqalarni yölga qöyiş.
Belgilab qöyilişiça:
Markaz davlat unitar korxonasi şaklida taşkil etiladi;
Markaz kinoindustriya sohasining, mulkçilik şaklidan qat'iy nazar kinokompaniyalarning ijodiy-işlab çiqariş, texnik va boşqa xodimlarini öqitiş uçun olinadigan mablağlari, şuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi;
Markazga “Özbekkino” Milliy agentligi boş direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.












