Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 61 yoşni qarşiladi. Şu kuni Şavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida, şuningdek «Milliy TV» va «Özbekiston 24» telekanallari orqali «Janob Prezident» nomli maxsus film namoyiş etildi.
Film davomida prezident özbek jurnalistikasidagi ijobiy özgarişlar haqida ham gapirgan.
«Hozir jurnalistlar röy-rost gapiryapti. Hamma kamçiliklarni oçib beryapti, oldingidek taqiqlar yöq. Mumkin bölgan va mumkin bölmagan mavzular yöq.
Albatta jurnalistlarning ham saviyasi baland bölişi kerak. Odamlarimizning ongini özgartiriş uçun jurnalistlarning roli çeksiz böladi.
Jurnalistika universitetini oçdik. Oşkoralikni ta'minlaş uçun professional jurnalistlarni tayyorlaymiz», degan Şavkat Mirziyoyev.
May oyi oxirida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini taşkil etiş töğrisidagi qarori imzolangandi.











