BRIKS davlatlari rahbarlarining öninçi sammiti çorşanba kuni Yoxannesburgda oçildi. Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR yetakçilari iştirok etadigan uç kunlik tadbir biznes-forum bilan start oldi.
Forumga taşrif buyurgan mehmonlarga JARning Savdo va sanoat vaziri Rob Deyvis ma'ruza qildi. «Mazkur biznes-forum Afrika qit'asining iqtisodiy öziga xos jihatlarini, ayniqsa, rivojlangan sanoat, energetika, texnologiyalar, transport, aviatsiya, axborot-kommunikatsiya, moliyaviy xizmatlar sohasidagi yutuqlarini körsatiş, şuningdek, BRIKS davlatlaridan töğridan-töğri investitsiyalar jalb qiliş platformasi sanaladi», - deya ta'kidlab ötdi u.
Şuningdek, vazirning qayd etişiça, Afrika bozorlari Afrika qit'asi erkin savdo hududini taşkil etiş nuqtai nazaridan ehtimoliy investorlar uçun jozibador. Tegişli hujjatga Afrika ittifoqiga a'zo 55 davlatning 49tasi imzo qöydi. tomonidan kiritilgan.
Sammit BRIKS davlatlari rahbarlarining 26 iyul kuni bölib ötadigan uçraşuvi bilan davom etadi, 27 iyul kuni esa, JAR hukumati taklifi bilan Argentina, Misr, Indoneziya, Turkiya, Yamayka va Afrikadagi qator davlatlar rahbarlari iştirok etadi. Sammitdagi dastlabki tadbirlari 23 iyul kuni boşlandi. Ularning doirasida BRIKS mamlakatlari Taşqi işlar vazirliklari rasmiy vakillarining birinçi uçraşuvi bölib ötdi.












