25 iyul kuni Vaşingtonda Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunker bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng, AQŞ prezidenti Donald Tramp «savdo uruşi»dagi bojxona tariflarini qayta körib çiqilişini bildirdi. 

CNN xabariga köra, Tramp qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan lavlagi va soyaga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaşga va'da bergan. 

«Bu kun erkin va halol savdo uçun katta ahamiyatli böldi», deydi AQŞ davlat rahbari. 

Rose Garden'da taşkillaştirilgan qöşma bayonot çoğida amerikalik siyosatçi «aloqalarning yangi ufqi» boşlangani haqida gapirib, barça lol qoldirdi. 

Bungaça Donald Tramp Yevropa maşinasozligiga tahdid soluvçi fikrlarni bildirgandi, ya'ni har bitta Yevropada işlab çiqarilgan avtomobilni AQŞga olib kirişda 20 foiz miqdorida boj tölovi joriy etişni taklif qilgan. Şunga qaramay, AQŞ allaqaçon Yevropaning alyuminiy va pölat xom-aşyosiga boj tölovini joriy etgan.