AQŞda yöltanlamas avtomobil qöqqisdan paydo bölgan öraga tuşib ketdi. Hodisa Kolorado ştatidagi Şeridan şahrida sodir böldi. Toyota RAV4 rusumli avtomobil çuqurligi 4,5 metrli öraga tuşib ketdi va suv ostida qoldi. Uni boşqargan Eşli Meriş maşina içidan çiqib olişga muvaffaq bölgan. Bu voqeani öşa joyda bölgan Tay Adams tasvirga olgan. 

«Işga ketayotib maşina yer ostiga tuşib ketişini köraman deb heç qaçon öylamagandim. 40 ming dollar quvur içiga ravona böldi», — dedi u jurnalistlarga.

Maşina egasi bu dahşatdan hali ham öziga kelolmayotganini aytdi. 

«Hali ham özimga kelolmayapman, ammo omadli ekanimdan xursandman», — dedi u.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, hodisaga kuçli yomğirlar sabab bölgan. 

«Yarim soat içida 63 millimetr yoğin yoğişi natijasida yer ostidan ötgan quvur 1,7 atmosfera bosimi ostida qolgan. Quvur bunday bosimga doş berolmay yorilib ketgan», — dedi şahar hokimiyati vakili.

2015 yilda xuddi şu çorrahada ana şunday hodisa sodir bölgandi. Öşanda politsiya avtomobili öraga tuşib ketgandi.