Jahon | 10:10 / 26.07.2018
12973
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg bir kunda taxminan 17 mlrd dollar yo‘qotdi

Foto: Getty Images

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg kompaniya aksiyalari qiymati tushib ketganidan so‘ng taxminan 16,8 mlrd dollar yo‘qotdi, deb yozmoqda Bloomberg.

Ta'kidlanishicha, Facebook aksiyalari kompaniya chorak hisoboti e'lon qilingani tufayli qiymatini yo‘qotgan: unda ijtimoiy tarmoq foydasining o‘sish sur'ati pasaygani haqida ma'lumot bo‘lgan. Hisobotga ko‘ra, kompaniya sof foydasi o‘tgan yilning shu davridagi 3,89 mlrd dollar bilan taqqoslaganda 5,12 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, bir chorakdagi daromad hajmi ($13,04 mlrd) o‘sgan bo‘lsa-da, biroq kutilayotgan natijalardan past bo‘ldi. Chorak hisobotining e'lon qilinishi tahlilchilarning salbiy prognozlariga olib kelgan.

Bloomberg’dan qo‘shimcha qilishlaricha, agarda Facebook aksiyalari qimmatlashmasa, unda Tsukerberg dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida oltinchi o‘ringa tushib ketadi. Hozirgi paytda u agentlik reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid