Qozoğiston Rossiyaning Orlov, Rostov va Nijyegorodskiy viloyatlarida yuqori patogen parranda grippi tarqalgani sababli Rossiyadan parranda göşti, tuxum, pat olib kirilişini çekladi. 

“Qozoğiston qişloq xöjaligi Veterinar nazorat qömitasi Qozoğiston hududiga Rossiyaning yuqorida sanab ötilgan viloyatlaridan tirik parranda va inkubator tuxumi, pat, parranda göşti va issiqlik işlovidan ötmagan parrandaçilik mahsulotlari, parrandalar uçun oziqa va oziqaviy qöşimçalar, taksidermik işlovdan ötmagan ov öljalari hamda parrandalarni saqlaş, söyiş va nimtalaş uçun işlatilgan qurilmalarni olib kirişga vaqtinçalik çeklovlar kiritdi”, deb aytilgan xabarda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, parranda grippi köpinça yaqqol simptomlarsiz keçuvçi quşlar yuqumli virus kasalligi hisoblanadi. Ba'zi hollarda virus odamlar va hayvonlarda kasallik yoki simptomlarsiz infeksiyalar keltirib çiqarişi mumkin.