AQŞ sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampga Rossiya bilan hamkorlik qilişni maslahat bergan. Bu qudrati yuksalib borayotgan Xitoyni «tiyib turiş» maqsadida qilingan, deb xabar bermoqda The Daily Beast naşri muzokaralardan xabardor beş manbaga asosan.

Ehtimoliy strategiya Rossiya va mintaqadagi boşqa davlatlar bilan qalin munosabatlarni nazarda tutgan. Bunda qudrati va ta'sir doirasi ortib borayotgan Xitoyni «tiyib turiş» asosiy maqsad böladi, deyiladi materialda.

Kissinjyer 2016 yilgi saylov kampaniyasidan söng, AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan kamida uç marta uçraşgan. Naşrning ta'kidlaşiça, bu sobiq davlat kotibi oliy siyosiy doiralarda katta nufuzga ega ekanligidan dalolat beradi.

Bundan taşqari, u AQŞ prezidentining kuyovi va maslahatçisi Jared Kuşner bilan muloqotda ham şu strategiyani tavsiya etgan. Kuşner taşqi siyosat masalalari bilan şuğullanadi. Sobiq davlat kotibi maslahatlariga AQŞ prezidenti Donald Trampning Davlat departamenti, Pentagon va Milliy xavfsizlik böyiça kengaşdagi yetakçi maslahatçilari quloq tutgan, deb yozadi The Daily Beast.

Milliy xavfsizlik kengaşi va Davlat departamenti bu boradagi izohga javob qaytarmadi.

AQŞ sobiq davlat kotibi Vaşington va Moskva örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş tarafdori bölib kelgani aytiladi. Kissinjyer AQŞ va Rossiyaning Xelsinkidagi sammitida Tramp hamda Putinning özaro uçraşuvi ötkazilganini ma'qullab çiqdi.

«Bu bölib ötişi kerak bölgan uçraşuv edi. Men bir neça yildan beri şu haqda gapirib kelayotgandim», - dedi Kissinjyer.

Manbalar sözlariga köra, Tramp öz prezidentligi boşlangaç, Kissinjyerning strategiyasiga qiziqiş bildirib keldi. Biroq, «qarşi turiş» siyosati hozirça jiddiy qöllab-quvvatlovga ega bölmadi, deya xulosa qiladi naşr.