«Yuventus» Xalqaro çempionlar kubogi uçraşuvida «Bavariya»ni mağlubiyatga uçratdi. Filadelfiyadagi «Linkoln Faynenşel Fild» stadionida keçgan bahs Turin klubining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Bahsdagi hisobni turinliklar hujumçisi Andrea Favilli 32-daqiqada oçdi, u «Bavariya» golkiperi Sven Ulrayxning qöpol xatosidan unumli foydalanib qoldi. 21 yoşli forvard oradan 8 daqiqa ötib dubl qayd etdi.
«Yuventus» keyingi uçraşuvda «Benfika» bilan kuç sinaşadi (28 iyul), «Bavariya» «Mançester Siti»ga qarşi maydonga tuşadi (29 iyul).
Yuventus Italiya – Bavariya Germaniya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32 Favilli, 2:0 – 40 Favilli.
Yuventus – Perin (Pinsolo, 71), Kellini (Kaldara, 54), Rugani(Bardzali, 54), Aleks Sandro, Joau Kanselu (Matsek, 71), Djan (Fadjoli, 44), Pyaniç (Kastanos, 71), Bernardeski (Mateus Pereyra, 59), Markizio(Fernandes, 46), De Şilo, Favilli (Beltrame, 54).
Bavariya – Ulrayx (Xofmann, 82), Martines (Alaba, 37), Stanişiç(Richards, 46), Bernat (Mayyer, 46), Johansson (Rafinya, 46), Riberi (Koman, 46), Tsilla (Çjon Vu Yen, 46), Gnabri (Robben, 46), Şabani (Sanşeş, 46), Will (Tsayzer, 46), Vagner (Vridt, 46).
Ogohlantiriş: Kellini (16).












