PricewaterhouseCoopers CEO Survey yillik an'anaviy sörovini ötkazdi. Bu yilgi sörovda 85 mamlakatdan 1300ta CEO iştirok etdi, şu jumladan, Özbekistondagi 30ta kompaniya rahbarlari, deb xabar qilmoqda Spot.
PwC har yili dunyodagi yirik kompaniyalar rahbarlari örtasida keng miqyosli sörov ötkazadi. Loyihaning maqsadi - jahon biznesi yetakçilari oldida turgan muammolarni çuqur va har tomonlama tuşuniş.
Özbekistondagi kompaniyalar rahbarlarining 70 foizi kelgusi 12 oyda jahon iqtisodiyoti ösişi tezlaşişiga işonadi.
Malakali kadrlarning etişmasligi - mintaqadagi eng dolzarb biznes muammolardan biri.
Eng muhim xatarlar orasida ta'minot zanjirining buzilişi va biznesga bölgan işonçning yöqligi ham bor.
SeÖning asosiy taşvişlari terrorizm tahdidi, populizm, haddan ziyod tartibga soliş, asosiy infratuzilmaning yetişmasligi, valyuta kurslarining özgaruvçanligi va proteksionizm bilan boğliq.
Respondentlarning 60% bozorda yangi raqobatçilarning paydo bölişi kelgusi beş yil içida öz bizneslari barqarorligiga asosiy tahdid ekanini ta'kidladi.
Bundan taşqari, SeÖlarning yarmidan köpi tarmoq qonunçiligida beş yil içida kutilayotgan özgarişlarda tahdid körmoqda. Dunyodagi hamkasblaridan farqli ölaroq, özbek kompaniyalarining rahbarlari iste'molçilar tanlovi va texnologik özgarişlardan juda köp muammolarni kutişmayapti.
Kelgusi 12 oy davomida biznesni rivojlantirişning umumiy istiqbollari jihatidan uçta muhim davlat - Rossiya, Qozoğiston va Xitoy.
Şu bilan birga, qöşni Qozoğiston uçun Özbekiston uşbu reytingga ilk marotaba kiritildi va umumiy biznes rivoji istiqbollari nuqtai nazaridan Turkiyadan ötib ketib, törtinçi örinni egalladi.











