«Tashkent City» Xalqaro Ishbilarmonlik Markazi o‘zida milliy kolorit va zamonaviy innovatsion g‘oyalarni mujassamlashtirgan me'moriy majmuadir. Markaz qurilishi jarayonida energiyani tejovchi texnologiyalar va ekologik toza materiallardan foydalanilmoqda.

City – bu biznesni rivojlantirish, dam olish, iste'dodlarni  rivojlantirish hududidir. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, kelajakka intilayotgan respublika poytaxti  aynan shunday ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

80 gektar maydonda mahalliy va xorijiy loyihachilar, muhandislar, me'morlar va dizaynerlar tomonidan o‘ylangan va loyihalashtirilgan yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Tashkent City

Murad Buildings kompaniyasi «Tashkent City» XIM ning maydoni 1.5 gektarlik 4-lot hududida 200 metrlik osmono‘par bino barpo etmoqda. Bu 45 qavatli binoda barcha qulayliklar muhayyo etilib, «A+» biznes markaz, besh yulduzli Ritz Carlton mehmonxona, premium-klassga ega bo‘lgan appartamentlar va jahonga mashhur bo‘lgan butiklar o‘rin oladi.

Eng baland qavatda joylashgan restorandan shahar manzaralarini kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyi qavatlarda esa SPA salon, fitnes-klub, restoran, avtoturargoh va boshqa qulayliklar yaratiladi.

Shunisi e'tiborga molikki, 4-lot binosi O‘zbekistondagi eng baland turar joy binosi bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Tashkent City

Baland va xavfsiz. O‘zbekistonning seysmik hududda joylashganini inobatga olib, binoning mustahkamligiga alohida e'tibor berilmoqda. Shuning uchun ham ushbu binoning qurilishiga chet eldan kuchli va tajribali mutaxassislar jalb etilgan, ular bilan shartnomalar tuzilib, ushbu loyiha ustida faol ish olib borilmoqda.

Foto: Tashkent City

Yaponiyaning yetakchi loyihaviy tashkiloti bo‘lmish Nihon Sekkei kompaniyasi mamlakatda birinchi marotaba qurilayotgan osmono‘par bino konstruksiyasi ustida ishlamoqda.

Sohada katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiyaning BUREAU VERITAS kompaniyasi esa qurilish, xarajatlar, muddatlar, sifat nazorati, ekologiya, xavfsizlik va mehnat qonunchiligiga amal qilinishi bilan shug‘ullanadi.