AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens agar Turkiya 2016 yil kuzidan beri uşlab turgan amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qiliş böyiça zudlik bilan çoralar körmasa, Anqaraga qarşi iqtisodiy sanksiyalar kiritiş bilan tahdid qildi.
“Agar Turkiya bu beayb odamni ozod qiliş böyiça zudlik bilan çoralar körmasa va uni uyiga qaytarmasa, AQŞ Turkiyaga qarşi jiddiy iqtisodiy sanksiyalar kiritadi”, deb aytgan Pens Vaşingtonda ötgan diniy erkinliklar anjumanida.
Pensning aytişiça, “AQŞ ma'muriyati pastorning ozod qilinişi böyiça tinimsiz iş olib bormoqda” va uning uy qamoğiga ötkazilişini ijobiy qarşilasa ham, biroq buni yetarli deb hisoblamaydi.
“Prezident Tramp va men uning ozodligi uçun kuraşamiz. U turmada bölmasa-da, biroq hali ozodmas”, deb ta'kidlab ötgan Pens.
Turkiya sudi qaroriga köra Bransonga Turkiya hududini tark etiş man qilingan. Uning işi böyiça keyingi sud jarayoni 12 oktabrga belgilangan.
Amerikalik pastor Turkiya tomonidan Fathulla Gulenning FeTO taşkilotiga şeriklik qiliş, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasini qöllab-quvvatlaş ayblovi bilan uşlab turilibdi. Branson unga qöyilayotgan ayblovlarni inkor qilib, ularni “şarmandali va jirkanç” deb atamoqda.

















