Armanistonning yangi boş vaziri Nikol Paşinyan Toğli Qoraboğda uruş bölişi ehtimoli katta, deb hisoblamoqda.
“Biz uruşga tayyor bölişimiz lozim”, deb aytgan Paşinyan şu munosabat bilan “Exo Moskvy” radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Uning ta'kidlaşiça, “Armanistonda Rossiyada mintaqada yangi keskinlikka yöl qöymaslikka va Ozarboyjonni Armaniston hamda Qoraboğga hujumdan bosib turuvçi barça vositalar mavjudligiga barça işonadi”.
“Men bizning strategik şerik, köp asrlik oğamiz va döstimiz uruşga yöl qöyişiga heç qanaqasiga işonmayman. Men bunga işona olmayman”, deb aytgan Paşinyan.
Armaniston boş vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qurol yetkazib beriş böyiça Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi şartnomalarni muhokama qilganini ma'lum qilgan, biroq uşbu suhbat tafsilotlarini oşkor qilib ötirmagan.
Paşinyan Putin Rossiyadagi jahon çempionati oçilişida uni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan taniştirib qöyganini eslab ötgan.












