PwC 21 yildan beri butun dunyo böylab kompaniyalar boş ijroçi direktorlari örtasida global sörov ötkazib keladi. Joriy yilda bu tadbirda Özbekistonning 30 yirik kompaniyasi rahbarlari iştirok etdi. Dunyoning 85 mamlakatidan jami 1300 SeO sörovdan ötkazildi, deb xabar bermoqda Spot.
«Biz iqtisodiy va siyosiy muammolar jiddiyligiga qaramay, Özbekiston kompaniyalari rahbarlarining kelajakka bölgan işonçga urğu beriş uçun tadqiqotga «Ehtiyotkor nekbinlik» nomini berdik», - deyiladi hisobotning kiriş qismida.
Özbekiston kompaniyalarining rahbarlari biznesni rivojlantiriş istiqbollari, hozirgi şaroitda boşqaruvga bölgan yondaşuvlarni özgartiriş, ehtimoliy çaqiriqlar va kelgusida ösişga nisbatan paydo bölişi mumkin bölgan xatarlar kabi masalalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Xususan, Özbekistondagi SeÖlarning 87 foizi kelgusi 12 oyda ham, keyingi uç yilda ham, kompaniyalari daromadi ösişiga işonadi.
Şu bilan birga, Özbekistondagi kompaniya rahbarlarining 77 foizi taşkilotlarning ösişi organik böladi, deb hisoblaydi. Bundan taşqari, rahbarlar xarajatlarni kamaytiriş, biznes va startaplar bilan hamkorlik qiliş, şuningdek, yangi strategik alyans va autsorsing tufayli kompaniya daromadlarini oşirişni rejalaştirmoqda.
Özbekistondagi kompaniya rahbarlari keyingi beş yil içida biznesni beqarorlaştirişi mumkin bölgan asosiy tahdidlar orasida yangi raqobatçilarning paydo bölişini qayd etdi.
«Mamlakat oçildi, konvertatsiya paydo böldi, bozorga xorijiy öyinçilar kirişni boşladi, masalan, Yandeks.Taksi. Taksi xizmatlarini körsatuvçi köplab kompaniyalarda hajmlar qisqargan. Endi Qozoğistonning Halyk Bank’i, Rossiya banklarining kirişi kutilmoqda. Ular bank tizimiga qanday ta'sir körsatişi noma'lum. Çegaralarni oçiş - biznes uçun katta xavf, ayniqsa, izolyatsiyada işlagan bizniki kabilar uçun. Öşa holatda rivojlantiriş har doim ham kerak emas edi. Agar bozorga yanada samarali öyinçilar kirsa, mahalliy kompaniyalar özgarişi kerak böladi», - dedi PwC vakili.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston kompaniyalari rahbarlari biznes uçun asosiy xatarlarni ma'lum qilişgandi.












