Turkmaniston Fanlar akademiyasi Maxtumquli nomidagi Til va adabiyot instituti mutaxassislarining Pokiston Islom Respublikasiga ilmiy safari paytida Islomobod Milliy kutubxonasi fondida Bobur devonining qölyozmasi topildi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati Turkmaniston Fanlar akademiyasi Maxtumquli nomidagi Til va adabiyot instituti yetakçi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Rahimmamed Kurenovga asosan xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, qölyozmaning birinçi varağida nasta'liq xatida bitilgan “Devoni Bobur turkiy” degan yozuv bor. Qölyozmaning boşi, örtasi va oxiridagi sahifalarga ançagina ziyon yetgan.
Qölyozma qoğozi va xattotning uslubi kitob Bobur yaşagan davrda yoki undan sal keyinroq bitilganidan darak beradi. Yaqindan tanişib çiqilganda ayon böldiki, kitob uçta asarni öz içiga olgan. U “Mubayyin”dan boşlanadi, keyin “Devon”, oxirida esa Boburning “Aruz risolasi” yoki “Muxtasar” asari bilan yakunlanadi.
Boburning Islomobod Milliy kutubxonasida saqlanayotgan uşbu qölyozmasi şu paytga qadar ilmiy jamoatçilikka ma'lum emas edi.












