Qozog‘iston avtosanoati davlatdan O‘zbekistonga kirish borasida yordam so‘ramoqda
Tashqi bozorlarga chiqish uchun avtosanoatga chetga yetkazib berishni eksportdan oldin moliyalashtirish va subsidiyalar talab qilinadi. Bu haqda «KazAvtoProm» uyushmasi Oleg Alferov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda LS.
Alferovning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston bozoriga chiqish imkoniga ega.
«O‘zbekistonda sanoatimiz salohiyatini ro‘yobga chiqarish istiqbollari mavjud. Ammo ichki xarakterdagi to‘siqlar mavjud. Ular yetkazib berish va sertifikatlashtirish xarajatlarini kamaytirish zarurati bilan bog‘liq. Ushbu muammolarni hal etish davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlovni talab etadi. Gap xorijga yetkazib berishni eksportdan avval va eksportni moliyalashtirish, transport, sug‘urtani subsidiyalash hamda debitorlik qarzdorligi haqida ketmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vositalar hozir Rossiyada amalga oshirilmoqda.
«Ular Qozog‘istonda ham ishlatilishi mumkin edi. Biz bu tajriba o‘zimizda amalga oshirilishini istaymiz. Eksport ta'minotini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarur, agar u sezilarli hajmda bo‘lmasa, tashqi bozorlarga chiqish imkoni yo‘q», - dedi u.
«KazAvtoProm» ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning birinchi yarmida mamlakatda 88,3 mlrd tenge qiymatidagi 14,6 mingtadan ortiq avtomobil vositasi ishlab chiqarildi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024