4 nafar amerikalik senator AQŞ prezidenti Donald Trampning vakolatlarini çeklovçi qonun loyihasi işlab çiqişdi. Agar hujjat qabul qilinsa, Tramp AQŞni kongressning yuqori palatasi ruxsatisiz NATOdan olib çiqa olmaydi. Bu haqda The Washington Post naşri ma'lum qilgan.

Qonun loyihasini senatning xalqaro aloqalar böyiça qömitasi a'zolari – respublikaçi Kori Gardner va demokrat Tim Keyn, senatning qurolli kuçlar böyiça qömitasi raisi –respublikaçi Jon Makkeyn va yuqori lavozimli demokrat Jyek Rid işlab çiqqan.

“Afsuski, prezident Trampning yaqin ittifoqdoşlarimiz bilan nomunosib munosabati Amerikaning transatlantik alyansga va mudofaa sohasidagi qadriyatlarga sodiqligiga şubha uyğotdi. Bu qonun birorta prezident AQŞni senat roziligiz NATOdan olib çiqib keta olmasligi uçun zudlik bilan zarur”, deb aytgan Makkeyn.
 
Qonun loyihasiga köra, AQŞning NATOdan çiqişi uçun senatorlarning uçdan ikki qismi ovoz berişi kerak.
 
Naşrning yozişiça, amerikalik senatorlarning bu “oxirgi sa'y-harakatlari” Trampni AQŞ siyosiy yönalişini Rossiya tomon burişidan uşlab qolişga qaratilgan.