O‘zbekiston | 07:35 / 27.07.2018
8391
3 daqiqa o‘qiladi

TATUda akademik kredit tizimi joriy etilishi nimani anglatadi?

Foto: LiveJournal

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi joriy etildi.

Akademik kredit tizimi nimani anglatadi?

Akademik kredit tizimi talabaning oliygohda samarali bilim olishini aniqlab beruvchi standartlashtirilgan baholash tizimi hisoblanadi. Ayrim hollarda oliygoh hayotiga endigina qadam qo‘ygan talabalar kredit tizimi bo‘yicha maxsus kursni tamomlaydi.

Tizimning eng ommabop va tanish shakli - ECTS (European credits) va Semester credit hours (SCH) and quarter credits (American credits).​ Ta'lim davri mobaynida talaba kreditlarni to‘playdi, buning uchun u kurslarni muvaffaqiyatli tamomlashi lozim.

Kredit tizimida talaba qanday baho oladi?

Odatda kursni tashkil etgan o‘qituvchi talabalarning davomati, belgilangan testlarning natijasi, tadqiqot ishi va yakuniy yozma ishiga qarab umumiy bahoni belgilaydi.

Kurslar turli qiyinchiliklardan tarkib topgani va talabaning mutaxassisligiga qanchalik mos kelishiga qarab kredit ballari ham farqlanadi. Masalan, ko‘p ish va izlanish talab etgan kursning kredit bahosi ham katta bo‘lishi tayin.

Nega kredit tizimi O‘zbekiston oliygohlariga kerak?

O‘quv jarayoniga dunyo oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan o‘qitishning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetnining jahonning nufuzli oliy ta'lim muassasalari qatoriga kirishini ta'minlashi mumkin.

Kredit tizimi talabaga qanday foyda beradi?

Birinchidan, to‘plangan kredit baholari o‘zgarmasligi tufayli, u bilan istalgan mos oliygohga o‘qishni ko‘chirib o‘tish qiyin bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, talabalar istagidan kelib chiqqan holda, fan tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Albatta, bu o‘rinda majburiy o‘rganilishi lozim bo‘lgan fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilashi mumkin.

o‘qitishning kredit tizimida talabaning ma'lum o‘quv kursini o‘zlashtirish darajasi turli mezonlar asosida belgilanadigan ma'lum miqdordagi kreditlar summasini yig‘ishiga bog‘liq bo‘ladi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid