Tez orada Toşkentda yangiça körinişdagi örindiq va urnalar paydo bölişi mumkin. Bu haqda “Xalq sözi“ poytaxt hokimligi huzuridagi jamoatçilik kengaşiga tayanib xabar bermoqda.
Kengaşning qayd qilişiça, Toşkentni dam oliş uçun qulay maskanga aylantiriş hamda örindiqlar va urnalar bilan boğliq muammolarni hal qiliş maqsadida yangi aksiya ötkaziladi. Aktsiya “Şaharga örindiq va urna sovğa qil“ deb nomlanadi.
Unga köra, tadbirkorlar, işbilarmonlar şaharning istalgan qismiga örindiq va urnalar örnatişi mumkin böladi. Evaziga ular özlarining logotiplarini qurilgan obektga joylaştirib, uni reklama qiliş imkoniyatiga ega bölişadi.
Şuningdek, hokimlik kengaşi dizayner, rassomlar va aholidan örindiq va urnalarning qanday körinişda bölişi böyiça takliflarni ham söragan. Istagan köngilli mazkur tadbirda iştirok etişi va öz mahsulotini reklama qilişi mumkin böladi.












