Toşkentda “Uç şahar” majmuasi quriladi, ikkita yodgorlik örnatiladi va Ikkinçi jahon uruşi haqida ikkita film suratga olinadi. Buning uçun 160 million dollar sarflanadi.

Xususan, “Uç şahar” majmuasi “Xalq diplomatiyasi şahri”, “Etnoşahar” va “Kinoşahar”dan taşkil topadi. Mazkur loyiha uç bosqiçda olib borilib, sönggisi 2021 yilda yakunlanadi, deb yozmoqda “Xalq sözi” naşri.

Qayd etilişiça, bu loyiha “Milliy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori asosida tasdiqlangan “yöl xaritasi”ga kiritilgan.

“Uç şahar”

Majmua Toşkent şahri yoki Toşkent viloyati, lekin poytaxt çegarasiga juda yaqin hududda joylaşadi. Maydoni kamida 100 gektarni taşkil etadi va vaqtinçalik foydalaniş uçun beriladi, şundan 49 yili imtiyozli asosda böladi.

Birinçi bosqiç – 2019 yil 1 sentyabrigaça. 18 million dollar yönaltiriladi.

“Xalq diplomatiyasi şahri”: oltita madaniyat markazi, Prezidentlar alleyasi, Buyuk Ipak yöli köçasi, sun'iy toğli va qator-qator şarşarali şoirlar boği, oçiq osmon ostidagi muzey, “Sevişganlar boği”, kafe va restoran.

“Etnoşahar”: Amir Temur saroyi xiyoboni, favvoralari va boği bilan, oltita etnohovli, kafe va restoran, suvenir rastalari, eski köçalar, minora, şahar darvozasi majmuasi.

“Kinoşahar”: suratga oliş uçun pavilon, kinomahalla, biznes-markaz, xiyobon hududi va boşqalar.

Ikkinçi bosqiç: 2020 yilning 1 sentyabrigaça. 82 million yönaltiriladi.

“Xalq diplomatiyasi şahri”: töqqizta madaniyat markazi, oçiq konsert zali, körgazma majmuasi, kafe va restoranlar, mehmonxona, törtta muzeyli muzey maydoni, kinematografiya markazi.

“Etnoşahar”: 13 ta etnosaroy, ikkita mehmonxona, 10 ta kafe va restoran, 20 ta suvenirlar rastasi, “Labi Hovuz” eski köçalari majmuasi, ikkita etnomehmonxona, Uluğbek rasadxonasi, beşta ötov, ikkita minora, uçta şahar darvozasi va boşqalar.

“Kinoşahar”: mehmonxona, törtta pavilon, biznes markazning ikkita bloki, kinomahalla (20 ta villa, 200 ta taunxaus, 75 xonali köp kvartirali turarjoy), kinoakademiya, supermarket, xususiy maktab va boğça, stadion, xiyobon va boşqalar.