Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 5-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinishi mumkin:
“turar joy uchun hujjatlarning nusxalari, ro‘yxatning 5-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadigan shaxslar bundan mustasno;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa, ro‘yxatning 5-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadigan shaxslar bundan mustasno;”.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026