Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident tibbiyotda zamonaviy menejmentni joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu gospital o‘tgan asrning qirqinchi yillarida qurila boshlagan. Bugungi kunda shifoxona qariyb 16 gektar maydonni egallagan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu gospital sobiq tuzum loyihasi asosida qurilgani va eskicha tartibda ishlab kelayotgani, bunday zamon o‘tib bo‘lganini ta'kidladi.
Ushbu gospitalni davlat-xususiy sheriklik asosida ish yuritishga o‘tkazish, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish zarur. Shunda daromad ham bo‘ladi, sifat ham ta'minlanadi, dedi prezident.
Shifoxona hududini optimallashtirish, binolarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bu yerga xorijiy klinikalar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
17:35 / 13.12.2025