Internet tarmoğida respublikamizda faoliyat yuritayotgan ayrim telekanallar tomonidan pornografik va hayosizlikni tarğib qiluvçi materiallar tarqatilgani haqidagi lavhalar paydo böldi hamda ular foydalanuvçilarning keskin muhokamasini keltirib çiqardi. Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatişni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş böyiça idoralararo muvofiqlaştiriş komissiyasining 2018 yil 27 iyul kuni bölib ötgan navbatdagi yiğilişi mazkur masalaga bağişlandi, deya xabar bermoqda KUN.UZ’ga Matbuot va axborot agentligi.
Yiğilişda Özbekiston Matbuot va axborot agentligi «Master media production and broadcast» mas'uliyati çeklangan jamiyati muassisligida taşkil etilgan «Sevimli» va «STV» telekanallari monitoringida bir qator qonun talablari buzilganini ma'lum qildi.
Xususan, Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi «Sevimli» telekanali orqali 2018 yil 15 iyul kuni coat 21:10da efirga uzatilgan «Hurliqo» («I feel pretty») badiiy filmining 45-daqiqasida pornografik mazmundagi sahna mavjudligi aniqlangan.
Bundan taşqari, uşbu telekanalda ma'naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga zid, yoşlarning odob-axloqiga, tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin bölgan yozişmalar, matnida hayosizlikni taşviqot qiluvçi jumlalar mavjud xorijiy qöşiqlar namoyiş etilgani kuzatilgan.
Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi «STV» telekanali 2018 yil 21 iyul kuni coat 09:17 da hayosizlikni tarğib qiluvçi, ayniqsa yoşlar odob-axloqiga, tarbiyasiga salbiy ta'sir etuvçi «Sausage party» nomli xorij multfilmini efirga uzatgan. Jumladan, multfilm qahramonlarining hayosizlikni tarğib qiluvçi beöxşov qiliqlari, behayo suhbatlari, narkotik moddalarni qabul qiliş, surbetlarça qovuşiş sahnalari oçiq-oşkora namoyiş etilgan.
Bolalar uçun möljallangan bunday «multfilm»larni efirga uzatayotgan muharrirlar, jurnalistlar, kanal rahbarlari va texnik xodimlarining farzandlari, oilasi, ayoli, nabiralari yöqmi? Ular bunday xatti-harakatlari bilan kelajagimiz egalari – aziz farzandlarimizga nima demoqçi, kimning tegirmoniga suv quymoqda? Bu sahnalarni efirga uzatganlar farzandlarining köziga qaray olarmikan?!
Bundan taşqari, mazkur telekanal orqali 2018 yil 22 iyul kuni soat 22:45da xorijning «Ya legenda» filmi efirga uzatilgan. Mazkur film syujyetida virus tarqalgan hududda odamxörlar va vahşiy hayvonlarning odamga hujum qiliş, uni yeyişga uriniş bilan boğliq vahşiylik, şafqatsizlik sahnalari mavjudligi aniqlangan. Syujyetida tomoşabinlarni dahşatga soluvçi qörqinçli tasvirlar mavjudligi bois, mazkur film «Özbekkino» Milliy agentligining ekspert komissiyasi tomonidan «Özbekiston Respublikasi hududida namoyiş etiş, köpaytiriş va tarqatiş tavsiya etilmagan filmlar röyxati»ga kiritilgan.

















