28 iyundan boşlab Özbekistondagi barça oliy ta'lim muassasalarida abituriyentlarga DTM ruxsatnomasi tarqatila boşlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, qoida tariqasida DTM ruxsatnomalari 31 iyulga qadar (şu kuni ham) tarqatiladi. Biroq köplab abituriyentlar joriy yilda test sinovlari 15 kun davom etişi sababli viloyatlardan Toşkentga kelib-ketişda ortiqça ovoragarçilik va xarajatlarning oldini oliş maqsadida test ötadigan kunga yaqinroq muddatda DTM ruxsatnomasini oliş imkoni bor yoki yöqligi haqida savollar bilan murojaat qilgan edi.
Davlat test markazi direktori Majit Karimov Kun.uz naşriga bergan intervyusida mazkur masalaga javob qaytardi:
«DTM ruxsatnomasi OTMlar tomonidan beriladi. Biz barça ma'lumotlarni kiritib PDF formatida elektron şaklda taqdim etamiz, ular buni bosma naşr qilib, abituriyentlarga tarqatişadi. Tarqatiş tartibi 29-30-31 iyul kunlariga belgilangan. Ruxsatnomalarni test ötadigan pavilonlar oldida tarqatiş rejalaştirilgan. Umuman olganda DTM ruxsatnomasini test kunidan 2 kun qolgungaça olsa böladi, muammo yöq».











