Avstraliyaning Janubiy Uels shtatida yashovchi ayol uning yaylovlari orqali yugurib o‘tayotgan mingga yaqin kenguruni tasvirga oldi. Video bir hafta ichida millionga yaqin marta ko‘rilgan.
Kenguru Avstraliyaning ramzlaridan biri hisoblanadi. Ularni ko‘rgani mamlakatga minglab sayyohlar keladi. Biroq kengurular mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun anchagina jiddiy xavf soladi.
Video muallifining aytishicha, kengurularning yopirilishi uning yerlarida yaqin yillarda qo‘ylar o‘tlay olmasligiga olib kelgan.
Ma'lum qilinishicha, Avstraliyada kengurular soni oxirgi yillarda ikki barobarga ko‘paygan va ko‘payishda davom etmoqda. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 46 mlndan ko‘proq kenguru qayd qilingan.















