Xorazm viloyatining Xazorasp tumani, Bahodir Matirzayev nomli mahallada istiqomat qiluvçi, 1900 yilda tavallud topgan Yoqutjon ona Raximovaga biometrik pasport topşirildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tantanali tadbirda Xorazm viloyati va Xazorasp tumani IIB rahbariyati iştirok etib, 118 yoşli onaxon va uning oilasiga sovğa-salomlarni topşirişdi.
«Körsatilayotgan bunday ğamxörlik uçun avvalambor davlatimiz rahbariga qolaversa, bu xayrli işlarga boş-qoş bölib, jon kuydirib yurgan barça mutasaddilarga, ayniqsa içki işlar boşqarmasi xodimlariga minnatdorçilik bildiraman, ularga soğliq tilab duo qilaman»,- dedi ikki asr silsilasining guvohi bölgan tabarruk onaxon.
Xorazm viloyati IIB rahbariyati bundan buyon ham 100 yoşni qarşilagan va qarşilayotgan otaxon va onaxonlarga biometrik pasportlarini topşiriş jarayonini tantanali tarzda ötkazişni maqsad qilib olgan.













