Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemonning Ispaniyaga topşirilişi işi yopilgandan söng u Germaniyani tark eta oldi. Bu haqda Bel-RTL radiostansiyasi ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, Puçdemonga Germaniyani tark etişga ruxsat berilgaç, u 2017 yil oktabrda Kataloniya mustaqilligini e'lon qilişga muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin siyosiy boşpana olgan Belgiyaga qaytdi.
Puçdemon Gamburgdan Bryusselga uçib ketgan. Belgiyada uni safdoşlari, jumladan Belgiyaga uşbu munosabat bilan kelgan, Kataloniyaning yangi rahbari Kim Torra kutib olgan.
Puçdemon Belgiyaga kelgaç, jurnalistlarga Kataloniya mustaqilligi böyiça xalq istagi uçun kuraşni va Ispaniyada noqonuniy qamoqqa olingan kataloniyalik siyosatçilarni ozod qiliş böyiça işni davom ettirişini ma'lum qilgan.
















