Samarqand şahridagi “Saxovat” internat uyida 131 nafar keksalar va nogironligi bölgan kişilar yaşab kelmoqda. Samarqand viloyat hokimi muassasa faoliyati bilan tanişar ekan, bu yerda olib borilayotgan işlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini aytdi.
Obodonlaştiriş işlari öz holiga taşlab qöyilgan, atrof qarovsiz. Lift işlamaydi, yotoqxonalar dimiqqan, yuviniş xonalari tozalik talablariga javob bermaydi, hojatxonadagi antisanitariya holatini ta'riflaşga til ojiz. Muolaja xonasida muzlatgiç yöqligi sababli dorilar qoidaga zid ravişda saqlanmoqda.
Muassasa boş hamşirasi Dilfuza Avulovaning aytişiça, mablağ kam bölganligi sababli şaroitlar yaratilmagan. U rahbariyatga bu holat haqida aytilgani va talabnomalar berilganini aytdi.
Muassasa direktori Tolib Saidovning fikriça, bu yerdagi kamçiliklarga ayrim xodimlarning e'tiborsizligi sabab bölgan.
Muassasa faoliyatini tekşiriş jarayonida bu yerda katta miqdorda moliyaviy kamomadlar borligi aniqlandi. Muassasa direktori Tolib Saidov egallab turgan lavozimidan böşatildi.
Viloyat hokimi mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etiş yuzasidan mutasaddi şaxslarga topşiriq berdi.
















