Rossiya razvedka boş boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda ikkita guruh iştirok etgan. Bu haqda tergovçilarga tayanib Mirror naşri xabar berdi. 

Taxmin qilinişiça, birinçi guruh zaharlovçi moddani Buyuk Britaniyaga olib kelgan, ikkinçi guruh esa zaharlaş bilan şuğullangan. 

Iyun oyi oxirida  Eymsberi şahrida «Noviçok» turidagi modda bilan zaharlangan Çarli Rouli Solsberidagi Yelizaveta parkidan topib olgan konteynerni atir deb öylab Don Sterjyessga sovğa qilganini aytgan.  

Britaniyalik Çarli Rouli va Don Sterjyess 30 iyun kuni zaharlangan, Sterjyess kasalxonada vafot etgan. Maxsus xizmatlarning fikriça, ular Sergey Skripal va uning qizi Yuliya mart oyida zaharlangan moddadan zaharlanişgan.

Rasmiy London Skripallarni zaharlaşda Moskvani ayblagan, Moskva bu ayblovni rad etib kelmoqda.