Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 nafar davlat xizmatchisi Osiyodagi nufuzli universitetlarda o‘qish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

2018 yilning 27 iyul kuni Toshkentda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning yurtimizdagi bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan bu yilgi o‘quvlarida ishtirok etgan bitiruvchilarning uchrashuvi tashkil qilindi.
1991 yilda Koreya Respublikasi hukumatining bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan agentlik rivojlanayotgan davlatlarda rivojlanishning Koreya tajribasiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy, ta'lim dasturlarini beg‘araz tashkil qilish, o‘zaro do‘stona munosabat va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.
O‘zbekistonda 1992 yildan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan KOICA tashabbusi bilan bugungi kungacha 2,087 nafar davlat xizmatchilari Koreya Respublikasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib qaytishgan. Har yili 100 nafar mutaxassislarning davlat boshqaruvi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, energetika, axborot texnologiyalari, atrof-muhitni himoyalash, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida Janubiy Koreyadagi nufuzli muassasalarda o‘quvlari uyushtiriladi.
Shuningdek, o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan va xorijiy tillarni puxta biladigan iqtidorli davlat xizmatchilarining Koreya Respublikasida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olishlari tashkil qilinadi. Jumladan bu yil ham o‘tkazilgan imtihonlar asosida O‘zbekistondagi vazirlik va turli idoralarda xizmat qilayotgan 14 nafar davlat xizmatchilari Koreyaga magistratura yo‘nalishida o‘qib kelish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Ular KOICA homiyligida 2 yil mobaynida nufuzi jihatdan nafaqat Janubiy Koreya, balki Osiyo mintaqasida yetakchi bo‘lgan Seul Milliy Universiteti, Koryo Universiteti, Yonsey Universiteti, SungKyunKvan Universiteti kabi ta'lim dargohlarida bilim va malaka oshiradilar.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

07:39 / 12.09.2023
KOICA O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun grantlar paketini kengaytiradi

19:42 / 05.08.2023
Navoiyda qariyb 3,3 mln dollarlik “yashil loyiha” qarovsiz qoldi

13:00 / 01.08.2022
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va «O‘zkimyosanoat» AJ grant tanlovlarini e’lon qiladi!

20:00 / 30.05.2022