Tailand hukumati 800dan ortiq sayyoh, jumladan 311 tailandlik 6,4 balli zilziladan keyin sodir bölgan köçki oqibatida Rinjani toğida qolib ketganini xabar qildi, deb yozmoqda Khao Sod gazetasi.

Tailand içki işlar vaziri Anupong Paoçinda barça sayyohlar xavfsizlikda ekanini va tez orada evakuatsiya qilinişini bildirdi. Ayni paytda mahalliy hukumat Rinjani hududida qutqaruv operatsiyasini ötkazmoqda. Avvalroq yer silkinişidan söng 560ga yaqin sayyoh toğda qolib ketgani xabar qilingandi.

Indoneziyaning Lombok orolida Rinjani vulqoni yaqinida yakşanba kuni 6,4 balli zilzila yuz berdi. Indoneziya geofizika va meteorologiya agentligi ma'lumotiga köra, zilziladan söng 11ta afterşok sodir bölgan. Zilzila oqibatida 16 kişi halok bölgan, 100dan ortiq kişi jarohatlangan.