Şayx Muhammad Codiq Muhammad Yusuf rahimahullohning farzandi Ismoil Muhammad Sodiq Özbekiston musulmonlari idorasida maslahatçi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda ÖMI Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ismoil Muhammad Sodiq 1976 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan. 1994 yil «Islomiy da'vat kulliyasi»ga öqişga kirdi. Tört yil bakalavr bosqiçida, söng ikki yil magistraturada öqib, 2001 yili uşbu kulliyani tamomladi. Şundan söng, elçixonalarda, diniy ta'lim muassasalarida, naşr işlarida, sayt xizmatlarida va ta'lim markazlarida faoliyat olib bordi. Hozirda Ismoil Muhammad Yusuf «Hilol naşr» matbaa naşriyoti rahbari hisoblanadi.

Ismoil Muhammad Sodiqning mazkur faoliyatlardan taşqari ilmiy salohiyati ham yuqori. U kişi rasmiy ilm dargohlaridan taşqari öz otalari Şayx hazratlaridan ham köp ta'lim olgan. Xususan, «Tafsiri Nasafiy» va «Sahihi Buxoriy»dan ijoza olgan. «Oltin Silsila»ning tarjimonlaridan biri. Şayx hazratlarining barça kitoblarining noşiri hisoblanadi.