Xizmat vazifasiga loqaydlik va sustkaşlik bilan munosabatda bölib, xizmatni samarali taşkil etiş çoralarini körmaganligi, qöl ostidagi xodimlar faoliyatini talab darajasida nazorat qilmagani oqibatida şaxsiy tarkib örtasida tartib-intizom susayib ketişiga sababçi bölganligi uçun IIV tizimida faoliyat yuritib kelgan bir neça nafar rahbarlar vazifasidan ozod etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining topşiriğiga muvofiq, Respublika Boş prokurori va Içki işlar vazirining qöşma farmoyişiga asosan Içki işlar vaziri, general-mayor Pölat Bobojonov rahbarligidagi Işçi guruh joriy yilning 23-26 iyul kunlari Qaşqadaryo viloyatida içki işlar organlari oldiga qöyilgan vazifalar ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanişdi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi tarqatgan xabarga köra, Qarşi tumani IIB boşliği J.Rajabov, Muborak tumani IIB boşliği S.Şaripov lavozimidan böşatilgan.
Şuningdek, Koson va Qarşi tumanlari IIB boşliqlarining örinbosarlari N.Qarşiyev va A.Aminov, Şahrisabz, Ğuzor va Dexqonobod tumanlari IIB boşliqlarining yoşlar masalalari böyiça örinbosarlari Q.Toşmurodov, A.Aliyev va N.Bozarov, Muborak va Çiroqçi tumanlari IIB boşliqlarining kadrlar böyiça örinbosarlari T.Baxromov va J.Murodov, viloyat IIB YHXB boşliğining kadrlar böyiça örinbosari F.Mirşatov hamda Qamaşi tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi boşliği X.Rizakulov işdan böşatildi.











