Maktabdagi öquv mavsumi har yili qanday boşlangan bölsa, bu yil ham şunday böladi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov «Yangi Davr» informatsion dasturiga bergan intervyusida ma'lum qilgan. 

«Internetda miş-mişlar tez tarqaydi. Bular örinsiz, ya'ni maktab har yili qanday boşlangan bölsa, bu yil ham şunday böladi», deydi vazir. 

Vazirlik Matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, joriy yilda öquv mavsumining boşlanişiga doir özgarişlar kutilmayapti. 

Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi rejalariga köra, Özbekistonda maktab direktorlarini saylaydigan Kuzatuv kengaşlari paydo böladi. Kengaşlar faol ota-onalar va maktabning muvaffaqiyatli bitiruvçilaridan şakllantiriladi.​