AQŞ prezidenti Donald Tramp yakşanba kuni federal hukumatni tarqatib yuboriş mumkinligini eslatib ötdi. Uning aytişiça, «Demokratlar» partiyasi prezident ma'muriyati istaganidek immigratsiya qonunçiligiga kiritilayotgan özgartirişlarni qöllab-quvvatlamasa, u hukumatni tarqatib yuboradi. 

​«Agar Dempartiya devor qurişni nazarda tutuvçi çegara xavfsizligi loyihasiga ovoz bermasa, hukumatni tarqatib yuboraman. Lotereya, uşlab, qöyib yuboriş kabi migratsion masalalarga barham berişimiz kerak. Bizga buyuk insonlar mamlakatga kirib kelişi zarur», deydi prezident Tvitter sahifasida. 

Bundan avvalroq, Donald Tramp migrantlarning farzandlari çegarada oilasidan ajratib qöyilişini izohlar ekan, Amerikaning bu sohadagi qonunlarini «dunyoda eng ahmoqona» deb atadi. U Dempartiyaning faoliyatiga nazar taşlab, şunday degandi: «Demokratlar qilayotgan yagona narsa - «qarşilik körsatiş», bu ularning saylovoldi şiori sanaladi».​