Iqtisodiyot | 15:56 / 30.07.2018
56129
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sdi

Foto: pixabay

O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sdi, bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

31 iyuldan boshlab AQSh valyutasining kursi 7791,8 so‘mni tashkil etadi. O‘tgan hafta davomida dollar 2,5 so‘mga o‘sgan.

Dollar fevral oyidan buyon birinchi marta ketma-ket ikkinchi hafta o‘sdi - bundan oldin aprel oyining o‘rtalarida ozgina qimmatlagan edi.

Yevro kursi 45,3 so‘mga tushib ketdi va endi 9082,2 so‘mga teng. Rossiya rubli 1,3 so‘mga mustahkamlandi - 124,1 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o‘sgandi.

Mavzuga oid