Rossiyaning Volgograd şahri tumanlaridan birida aksiya böyiça arzon pitssa uçun turnaqator navbat yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki pitssa uçun navbatdagi örinlar sotilişi haqida e'lonlar paydo bölgan.
Bunga esa pitssa sotuvçi tarmoqning yangi şoxobçasi oçilgani sabab bölgan. Yangi şoxobça oçilişi kuni 3 mingta pepperoni pitssasi tayyorlaşga qaror qilgan. Biroq e'tiborlisi, pitstseriya aksiya doirasida odatda 365 rubl turuvçi pitssani 100 rubldan sotişini aytgan. Pitstseriyada 3 mingta pitssa pişirib bölingaç, aksiya yakunlanişi aytilgan.

Şaharliklar şu munosabat bilan arzon pitssa uçun pitstseriya oçiladigan vaqt – soat 8:00dan navbatga tura boşlaşgan.

Pitstseriya bir odamga sotiladigan pitssa soni böyiça çeklov kiritmagan. Ma'lum qilinişiça, ba'zilar, 5 ta, 10 ta va hattoki 20 talab pitssa xarid qilişgan. Şuningdek, navbatdagi örinni sotiş böyiça ham takliflar paydo bölgan, biroq bundan kimdir foydalangani ma'lum qilinmagan.

Pitstseriya vakillarining ma'lum qilişiça, soat 14:00ga kelib 1500 ta pitssa sotib bölingan.











