Bugun «Atletiko» klubi yarimhimoyaçi Tomas Lemarni yangi a'zosi sifatida jamoatçilikka taniştirdi. Klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida marosimdan fotosuratlar e'lon qilingan.

Fransiyalik futbolçi JÇ vaqtida «Monako»ni tark etib, «matrasçilar» safiga qöşilgandi. Yangi jamoasida u 11-raqam ostida töp suradigan Lemar madridliklar safida Diyego Kosta hamda Antuan Grizmannga samarali paslar uzatib turişi kutilmoqda.

Avvalroq 22 yoşli futbolçi uçun «Monako» 60 million yevro kompensatsiya olişi xabar qilingandi.

Ötgan mavsum Fransiya birinçi divizionida Lemar 30 öyinda 2+8 mahsuldorlik körsatkiçini qayd etgan. Bundan taşqari, u Fransiya termasi bilan mundial ğolibi ham böldi.