BMW mutasaddilari Vengriya şarqida 1 mlrd. yevro investitsiya kiritib, zavod qurmoqçi. Loyihani amalga oşirişdan maqsad mamlakatda yuqori sifatli avtomobillarni işlab çiqaradigan yagona markazni taşkil etişdir. Bu haqida Reuters xabar qiladi.
Yangi zavod Budapeşt şarqidan taxminan 230 km. uzoqlikda joylaşgan Debretsen şahrida quriladi va bu yerda yiliga 150 ming dona avtomobil işlab çiqaradi. Zavodda elektormobillar ham terilişi rejalaştirilgan.
BMW Daimler hamda Audi avtokonsernlariga qöşiladi. Uşbu ikki gigant kompaniya Vengriyada öz zavodlariga ega hisoblanadi. Audi kompaniyasi hozirda bu yerda elektr motor işlab çiqarmoqda.
«Avtosanoat hajmi Vengriya eksportining 1/3 qismini taşkil etadi. BMW bilan eksport hajmini 40 foizgaça oşirişimiz mumkin. BMW’ning yangi imkoniyatlari 2019 va 2020 yildagi kutilayotgan pasayişni töxtatişga imkon beradi va Markaziy Yevropaning rivojlanmagan şarqiy hududiga xorijiy investitsiya olib kiradi. Zavod quriş loyihasi Vengriyaning avtomobil sanoatiga qaramligini kuçaytirişi va global iqtisodiy inqiroz davrida avtomobil savdosining har qanday davriy pasayişiga olib kelişi ham mumkin», deya ma'lumot berdi tahlilçi Piter Virovats.











