Farğona viloyatining Danğara tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
30 iyul kuni Toşkent viloyati Angren şahrida yaşovçi X.S. Danğara tumanida yaşovçi qaynotasi X.E.ning uyida oilaviy janjal oqibatida birga yaşagan turmuş örtoği X.S. va ularni ajratmoqçi bölgan qaynotasi X.E. hamda qaynonasi F.B.ga piçoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada X.S.ning rafiqasi kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan. Qaynota va qaynonasi kasalxonaga yotqizilgan. X.S qölga olingan.













