Davlat soliq qömitasida Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Oliy sud va Markaziy bank bilan hamkorlikda sud ijro hujjatlari asosida soliq qarzini qisqartiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, yöl qöyilayotgan kamçiliklar va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Videoselektor yiğilişida amalga oşirilayotgan işlarda yöl qöyilayotgan kamçiliklar tanqidiy tarzda muhokama etilib, Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasining Soliq qarzini undirişni taşkil etiş bölimi boşliği egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bölsa, Samarqand viloyati davlat soliq boşqarmasining mas'ul rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.
Davlat soliq qömitasi tomonidan soliq qarzini keskin qisqartiriş maqsadida joriy yilning II yarim yilligida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda 1,1 trln söm miqdoridagi soliq qarzlarini sud hujjatlari asosida undiriş böyiça tegişli işlar bajarilişi belgilandi.












