Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida ekstremistik deb topilgan taşkilotlar röyxati e'lon qilinadi. Bu haqda «Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunda aytiladi
Qonunning 14-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasida taşkilotni ekstremistik taşkilot deb topiş sud tartibida amalga oşiriladi.
Taşkilot, agar uning tarkibiy tuzilmalaridan heç bölmasa bittasi (bölinmasi, filiali va vakolatxonasi) ekstremistik faoliyatni amalga oşirayotgan bölsa, ekstremistik taşkilot deb topiladi.
Taşkilotni ekstremistik taşkilot deb topiş töğrisidagi ariza Özbekiston Respublikasi boş prokurori tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Qaysi taşkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik taşkilot deb topiş va Özbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlaş töğrisidagi qonuniy kuçga kirgan qarori mavjud bölsa, öşa taşkilotlarning röyxati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinişi lozim.
Mavzuga oid: «Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonun imzolandi












