Markaziy Afrika Respublikasida, Sibut şahridan 23 km uzoqlikda uç nafar rossiyalik jurnalist öldirib ketildi. Bu ma'lumot Rossiya TIV tomonidan tasdiqlandi.
AFP agentligi xabariga köra, öldirilganlarning yonida muxbirlik guvohnomalari bölgan.

«Dojd» telekanali ma'lumotiga köra, halok bölganlar - jurnalist Örxon Jamol, rejissyor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radçenkodir.
Uşbu jurnalistlar «Tsentr upravleniya rassledovaniyami» loyihasi bilan hamkorlikda «Vagner» guruhi faoliyatiga oid hujjatli film işlaş uçun Afrikaga yöl olişgandi.
«Biz MAR böyiça loyiha ustida işlayotgandik. Ular oxirgi marta keçadan oldin kuni aloqaga çiqişgandi. Töğri, buni aytiş qiyin, ular mening döstlarim edi», — deya ma'lumot bergan «Tsentra upravleniya rassledovaniyami» boş muharriri Andrey Konyaxin.
Ma'lumot uçun, «Tsentr upravleniya rassledovaniyami» medialoyihasi Mixail Xodorkovskiy tomonidan işga tuşirilgan.
Jurnalistlarning ölimini BMTning Markaziy Afrika Respublikasidagi missiya ham tasdiqlagan. Jurnalistlar Bombari şahriga ketiş yölida halok bölgan.
«Vagner» guruhi yollanma jangçilar xizmatini körsatadigan harbiy kompaniya bölib, uning tarkibi asosan Rossiya va MDH vakillari bölgan yollanma jangçilardan iborat hisoblanadi. Biroz avvalroq uşbu guruh jangçilari MARga mamlakat prezidenti Fosten-Arkanja Tuaderuni qöriqlaş uçun kelgani haqida ma'lum bölgandi.
Ma'lumotlarga köra, «Vagner» harbiy bölinmasi 2014 yili rossiyalik sobiq harbiy Dmitriy Utkin tomonidan tuzilgan. OAV ma'lumotiga köra, bu guruh Ukraina şarqidagi harbiy harakatlarda ayirmaçilarni faol qöllab-quvvatlagan hamda Qrim annektsiyasi jarayonida bevosita iştirok etgan. 2015 yildan esa bu guruh Suriyadagi uruşga ham jalb etilgan.











