Markaziy Afrika Respublikasi hududida harakatlanuvçi «Seleka» guruhi (CNDS) jangarilari boşliği Abdulayye Issen mamlakat armiyasiga va rossiyalik yollanma harbiylarga guruh nazorat qilayotgan hududni tark etişi uçun 48 soat muhlat berdi. Bu haqda «MBX Media» va RBK Issenning bayonotiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Ultimatumga musulmon diniga e'tiqod qiluvçi Karim Mekassua MAR parlamenti raisi lavozimidan çetlatilgani sabab bölgan. Issen uning çetlatilişini noqonuniy deb topgan. U MAR prezidenti Fosten-Arkanjyema Tuaderuni (u xristian diniga e'tiqod qiladi) fitna uyuştirişda ayblagan.
Issenning bayonnomasida Tuader bu fitnani Valeriy Zaxarov rahbarligidagi «Rossiyadan kelgan yollanma harbiylar» bilan til biriktirgan holda amalga oşirgan.
«Rossiya Federatsiyasidan Kremlga yaqin bu yollanma kuçlarning vazifasi nimaligi, ularning Markaziy Afrikada bölişdan haqiqiy maqsadi nima ekanini izohlaşni talab qilamiz», — deyilgan kommyunikeda.
2018 yilning yozida MAR hududida rossiyalik jurnalistlar Örxon Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radçenko öldirilgandi. Ular Afrika markaziga rossiyalik yollanma jangçilardan iborat «Vagner» guruhi haqida film oliş maqsadida kelişgandi. Qotillik «Seleka» guruhi tomonidan sodir etilgani aytildi.
MARda rossiyalik harbiy mutaxassislar ham faoliyat yuritadi. 2018 yil martida RF TIV Markaziy Afrikaga 5 nafar harbiy va 170 nafar instruktor yuborilgani, ular BMT rezolyutsiyasiga muvofiq hukumat harbiylarini öqitiş bilan şuğullanişadi.












